Talabalik davrimizda domlamiz  Anvar Karimov televizion jurnalistika fanidan dars ötardi. Ular har gal “Efir, bu — misoli oq neylon köylak: unga tuşgan bittagina doğ efirni rasvo qiladi”, derdilar. Bu kuyinişlarini öşa paytda unça ham tuşunmasdik yoxud e'tiborga olmasdik. Ammo keyinçalik yaxşi angladik. Bugun esa guvoh bölib turibmiz. 

Gap şundaki, televizion jurnalistikaning qaysi janrida bölmasin, efirga uzatilgan ijodiy mahsulot auditoriyaga öz ta'sirini ötkazmay qöymaydi. Ayniqsa, yoş avlod tarbiyasida bu yaqqol seziladi. 

Keyingi paytda xususiy telekanallar “oq neylon köylaklarini loyga belaş” bilan band. Çunonçi, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan saviyasiz körsatuvlar, “ommaviy madaniyat” omillarini tarğib qiliş, millat farzandlarining ongini yot illatlar bilan kör-körona töyintirişga kuç beriş millatning oppoq köylakdek ma'naviyatiga doğ tuşirişdir. 

Misol keltiramiz: My5 telekanalida “Bola tilidan” körsatuvi efirga uzatiladi (ehtimol “Bola boşidan” deb ham nomlansa kerak). Boşlovçi — xonanda Ruxşona. Körsatuvda 4-5 yoşli bolalarga turli savollar berib ulardan javob olinadi. Savollar har-xil. Ammo ba'zilari.....

"Baxt nima?"

"Köz ostingizga olib qöyganingiz bormi?"

"Nega erkaklarda soqol bor, ayollarda yöq?"

"Uylangandan keyin çaqaloqni kim olib keladi?" 

Endi bir öylab köraylik, bunday savol berişdan maqsad nima? 

Yoki yana bir misol: “Milliy tv” brendi ostida faoliyat yuritayotgan telekanal nomiga emas, aksinça asrlar davomida şakllangan, bebaho qadriyatlarimiz va an'analarimizga asoslangan milliylikni parçalaşga, axloqiy qoliplarni sindirişga xizmat qilyapti, desak xato bölmaydi. 

Ayniqsa, “Milliy tv”ning navbatdagi köngiloçar dasturi ğurur va nomusni ham toptab ötdi. Mirşakar ismli boşlovçi şou tarzidagi körsatuvida ayol iştirokçi tomonidan lab böyoğini labiga surtdi va buni hazilona xatti-harakatga yöydi. Bu hazil bilan özbekning erkaklik ğururi va oriyati çinakamiga oyoq osti böldi.