Ozarboyjon milliy mejlisi (parlament) 10 mart kuni "Mehnat pensiyalari töğrisida"gi qonunga ayollar va erkaklar uçun pensiya yoşini 65 yoşgaça oşirişni közda tutuvçi tuzatişlarni qabul qildi. 

"Erkaklar uçun pensiya yoşining 63 dan 65 yoşga va ayollar uçun 60 dan 65 yoşga kötarilişi bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi", deb ma'lum qildi parlament yiğilişida Ozarboyjon mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri örinbosari Idris Isayev. Uning aytişiça, qabul qilingan tuzatişlarga muvofiq, erkaklar uçun pensiya yoşi 2017 yil 1 yanvardan yiliga 6 oydan 2021 yil 1 yanvargaça, ayollar uçun 2027 yil 1 yanvargaça oşirib boriladi.
 
Ayni vaqtda Ozarboyjonda erkaklar uçun pensiya yoşi 63 yoşni, ayollar uçun 60 yoşni taşkil qiladi.

Tuzatişlarga köra, 2017 yil 1 yanvardan mamlakatda minimal mehnat pensiyasi miqdori 110 manat (63 dollar) miqdorida belgilangan.