Oq uyda 10 mart kuni matbuot uçun kundalik brifingni AQŞ prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Şon Spayser olib bordi. Spayser kostyumi yoqasida qadalgan kökrak nişoni jurnalistlarning e'tiborini tortdi. Gap şundaki, Spayser AQŞ bayroği aks etgan nişonni "oyoğini osmondan" qilib qadab olgan bölgan.

Spayser brifingni iştirokçilardan biri unga tanbeh bermagunça şu alfozda bir neça daqiqa davom ettirdi.
"Hafta oxiriga ikki kun qoldi", deb bunga hazil javob qilgan Spayser va nişonini töğrilab qöygan.
Ehtimol Oq uy vakili toliqqani sababli şunday e'tiborsizlikka yöl qöygan bölişi mumkin, biroq AQŞ OAVda bundan "fil yasaşga" va qandaydir sirli işoralar körişga harakat qilingan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa Spayser şu tariqa "Kartadan yasalgan uy" serialining muxlisi ekanligini bildirib qöyişga harakat qilgan, deb taxmin qilişgan. Serialning logotiplaridan biri esa "oyoği osmondan qilingan" holda tasvirlangan AQŞ bayroği hisoblanadi.
















