2009 yilda tuğuruq vaqtida qoniga infeksiya tuşişi oqibatida komaga tuşgan serbiyalik Daniela Kovaçeviç 7 yildan keyin öziga keldi va birinçi marta özining qizini kördi, deb yozmoqda The Sun naşri.

Bu ajoyib hodisa şifokorlarni hayratga soldi.

Şu 7 yil davomida Daniela közi oçiq holatda komada bölgan. Ança vaqt yotib qolgan ayol hozirda asta-sekin öziga kelmoqda, mustaqil ravişda ötirmoqda, sözlaşmoqda va qölida buyumlarni uşlay olmoqda. Daniela miya işini faollaştiriş uçun maxsus maşqlar bajarmoqda. Uning yaqinlari Daniela komada yotgan vaqtida heç qança özgarmaganini, faqatgina bir oz vazn qöşganini aytişmoqda.

Bu hodisa Serbiyada bemor bunday uzoq vaqt komada bölgandan keyin öziga kelgan birinçi holat böldi.