Janubiy Koreya aholisi prezident Pak Kin Xening impiçmentini tovuq göştidan tayyorlangan taomlar tanovul qiliş bilan nişonlamoqda. Bu orqali endilikda sobiq prezidentning laqabiga öziga xos hajviy şama qilingan.

Prezidentning raqiblari bu laqab orqali "xe" deb nomlangan koreysça gazak va tovuq bilan boğlanadigan salbiy fe'l-atvorga şama qilişgan.   

Endi Çonju şahridagi restoranlardan biri Janubiy Koreya konstitutsiyaviy sudi prezident impiçmentini tasdiqlagani munosabati bilan 10 va 11 mart kunlari tovuqli burgerlarni yarim narxiga taklif qilmoqda. 

Janubiy Koreya milliy yiğilişi kafeteriysidagi 10 mart kunidagi taomnoma surati unda tuşlikka odatda bayramlarda tortiladigan ugradan tayyorlanadigan taom va keçki ovqatga tovuq göştli taom taklif qilingani sababli ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari e'tiborini tortdi. 

Bundan taşqari, koreys tvitterida "bayram ugrasi" iborasi trendga çiqdi, sud hukm çiqargandan keyin esa foydalanuvçilar qovurilgan tovuq suratini çop eta boşladilar.

Şuningdek, Janubiy Koreyaning eng yirik portallari Naver va Daum tovuqdan taomlar taklif qilinadigan restoranlar böyiça tavsiyalar çop etişgan.