Jyeneva avtosalonida maşhur brendlarning eng sara avtomobillari namoyiş qilindi. Quyida e'tiboringizga hozirda kontsept bölib turgan avtomobillarni taqdim etamiz.
Mercedes-AMG GT Concept
Porsche Panamera’ning bölajak raqobatçisi 805 ot kuçli dvigatelga ega. U "yuz"ga çiqiş uçun 3 soniya sarflaydi.
Uşbu avtomobil 2018 yilda paydo böldi.



Bentley EXP 12 Speed 6e
Bu elektrokar simsiz quvvatlaş funksiyasiga ega. Hozirda töliq körsatkiçlar ma'lum qilinmagan bölsa ham, kompaniya vakillari avtomobil bir quvvat bilan Londondan Parijgaça, ya'ni 500 km masofani bosib öta oladi.



Peugeot Instinct
Bu prototip 300 ot kuçli dvigatelga ega bölib, uning öziga xos xususiyati – avtomobilning pol qismi yupqa qavatli beton bilan öralgan. Kompaniya bergan ma'lumotga köra, bu xususiyat yölovçilarning yalangoyoq bölib, hordiq çiqarişlari uçun qilingan.


Hyundai FE Fuel Cell
Hyundai'ning bölajak vodorodli krossoveri şu körinişda böladi. Kontsept bitta zapravkada 800 km yura oladi.





















