Angliya premer-ligasining 28-turidan örin olgan uçta uçraşuv bölib ötdi. Gollarga boy ötgan uçraşuvlarda mezbonlar ustunlik qilişdi.

Yevrokuboklar uçun kuraş olib borayotgan «Everton» asosiy ta'qibçilaridan biri «Vest Bromviç»ni öz uyida qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozondi. Jamoaning sönggi goliga mualliflik qilgan Romelu Lukaku bu mavsumdagi gollari sonini 19taga yetkazib oldi va töpurarlar röyxatida birinçi öringa kötarilib oldi. Şuningdek futbolçi butun mavsumda kiritgan gollari soni böyiça öz rekordini takrorladi.

Ligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan «Hall» xuddi şunday jamoalardan biri «Suonsi»ni öz uyida qabul qilib, muhim bölgan ğalabani qölga kiritdi. Şuningdek «Bornmut» xavfli zonaga tuşib qolmaslik kuraş yölida «Vest Hem»ni qabul qilib Joşua Kingning sönggi daqiqada kiritgan goli evaziga ğalaba qozondi. Qiziq tomoni, uçraşuvda «Bornmut» ikki marta penaltini noaniq amalga oşirdi.

Angliya premer-ligasi
28-tur

Everton – Vest Bromviç 3:0 (2:0)

Gollar: Miralyas (39), Şnayderlin (45), Lukaku (82).
Everton: Robles, Uilyams, Beyns (Funes Mori, 46), Koulmen, Jagelka, Berri (Kelvert-Lyuin, 84), Şnayderlin, Barkli, Devis, Miralyas (Guyye, 71), Lukaku.
Vest Bromviç: Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Robson-Kanu (Rondon, 76), Şadli, Yakob (Morrison, 79), Fletçer, Makkleyn (Brant, 75), Livermor.
Ogohlantirişlar: Yakob (73), Berri (81), Douson (88).

Bornmut – Vest Hem 3:2 (1:1)

Gollar: King (31, 48, 90) – Antonio (10), Ayyu (83).
Noaniq penaltilar: King (9), Afobe (38, ikkalasi — Bornmut)
Bornmut: Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Arter, Gosling, Freyzer (Musse, 85), Pyu, King, Afobe (Uilşer, 85).
Vest Hem: Rendolf, Rid, Fonte, Kressuell, Kuyate (Bayrem, 78), Obiang, Nobl (Snodgrass, 58), Lansini, Feguli (Ayyu, 58), Antonio, Kerroll.
Ogohlantirişlar: Nobl (9), Obiang (34), Pyu (66), Afobe (72), Gosling (80), Kuk (90).

Hall – Suonsi 2:1 (0:0)

Gollar: Nyasse (69, 78) – Mouson (90+1).
Hall: Yakupoviç, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, El Abdellauiy, Ndiayye (Nyasse, 63), Haddlstoun, Klukas, Markoviç (Al Muhammadiy, 75), Grositski, Ernandes (Meyler, 82).