Ey sen, pasportiga “özbek” deya yozilgan va "jihod" deya mana şu Vatanga qarşi bölayotgan zolim. Bobong sobiq ittifoq tarkibida bölsada mana şu Vatanning tuproğini himoya qilib qon keçib jang qilgandi. Endi sen şu Vatanga qarşi borasanmi?

Ey sen, bir kursiga ötirib olgança töralik qilayotgan arbob. Momong ustidan sepilgan zaharga qaramay, boşini kötarmay paxta terib, bolasini katta qilgandi. Endi sen oyoğing yerdan uzilib, şu xalqqa buyruqbozlik qilasanmi?

Ey sen, çetdan turib özbek nomiga toş otayotgan “millatdoş”. Otang nomi paxtaga qöşib yozadi, deb jinoyatçiga çiqqanida ham andişaga borib “ğiq” etmagan. Endi sen ana şu andişadan voz keçasanmi?

Ey sen, şou biznes deya ming nağmaga öynayotgan masxaraboz. Eri afğon uruşida kimlarningdir manfaati uçun jonini fido qilib, uyga uning tobuti kelganida, özbek ayollariga xos sabot bilan yaşagan. Endi sen kliplaring va filmlaring orqali özbegimning ayolini qanday obrazda olib çiqyapsan?

Ey sen, özbek deganda uçinçi darajali millatni tuşunadigan çet ellik. Bobom yulduzlarni kaşf etgan, harbiy sohani takomillaştirgan, meditsinaga asos solgan. Momom öz öğlini uruşga kuzatib, özi paxta maydonida 20 soat işlagan. Akam dunyodagi ğalamislarning adabini bergan. Ukam dalada işlayotgan onasini öylab, qorni töymasada sabr bilan yaşagan. Opam va singlim özbekman deb eng qimmat boyligini – nomusini asragan. Endi sen çetdan turib bizga qanday yaşaş kerakligini örgatasanmi? 

Sarvar Anvar öğli