Angliya premer-ligasining 28-turida «Liverpul» «Byornli»ga qarşi öyin ötkazdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Öyin debyutida Eşli Barns gol urib, mehmonlarni oldinga boşlagandi. Bölim yakunlanişi arafasida Jorjino Veynaldum javob golini urib, tanaffusga jamoalar durang hisobda yöl olişini ta'minladi. 

Öyinning 61-daqiqasida Emre Jan jarima maydoni taşqarisida töpni qabul qilib, töpni darvoza törining pastki burçagiga aniq yönaltirdi - 2:1.

Şu hisob öyinda saqlanib qoldi va Yurgen Klopp şogirdlari muhim ğalabani qölga kiritdi.

Endilikda «Liverpul» 55 oçko töplagan holda APL turnir jadvalining törtinçi poğonasida joylaşgan, «Byornli» 31 oçkosi bilan 12-örinda bormoqda. 

APL, 28-tur

Liverpul – Byornli 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Barns, 1:1 – 45 Veynaldum, 2:1 – 61 Jan.
Liverpul – Minole, Klavan, Matip, Klayn, Milner, Lallana, Djan, Koutino (Vudbern, 60), Veynaldum, Mane, Oriji (Leyva, 79).
Byornli – Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd (Breydi, 73), Barton, Xendrik, Arfild (Adjyey, 90), Barns, Grey (Vouks, 80).
Ogohlantirişlar: Mi (37), Barton (58), Jan (63), Lallana (87).