18 mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) turnirida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi 4 turni Xitoyning China Dragons jamoasiga qarşi ötkazadi.

Murabbiylar uşbu bahslarga 2-turni fevral oyida Qozoğistonning Astana Arlans jamoasiga qarşi bahslarda 1:4 hisobida yutqazgan tarkibni qöyişga qaror qildi. 

Uzbek Tigers jamoasi tarkibi:
52 kg: Abrorjon Qodirov
60 kg: Murodjon Ahmadaliyev
69 kg: Şahram Ğiyosov
81 kg: Bektemir Meliqöziyev
+91 kg: Bahodir Jalolov.

WSB doirasida Uzbek Tigers avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengildi, keyinroq Qozoğistonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toşkentda bölib ötgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi.

18 mart kuni guruhdagi ikkinçi juftlik – Qozoğistonning Astana Arlans jamoasi Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillariga qarşi janglar olib boradi.