Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyaning Xöjayli viloyatida ötgan tadbirda sözlagan nutqida Niderlandiya özini "banan respublikasi" kabi tutayotganini aytdi.
Turkiyaning taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlu samolyoti Niderlandiyaga qöyilmagandan va yana bir turk vaziri Fatma Betul Sayon Kayyu Niderlandiyadan çiqarib yuborilgandan keyin ikki davlat örtasida diplomatik mojaro avj oldi.
Şundan keyin Erdöğan Niderlandiya hukumatini keskin tanqid qilib, ularni "faşistlar" deb atagan va hatti-harakatlarini "irqçilarga xos" deb aytgan. Bundan taşqari, u xuddi şunga öxşaş javob çoralari körilişini bildirgan.
Zamonaviy tilda "banan respublikasi" iborasi sotqin hukumat, vayron bölgan iqtisodiyot, qatta taşqi qarzga ega, korrupsiyaga botgan davlatga nisbatan işlatiladi.












