Toshkent shahridagi «Fast and Easy» o‘quv markazi haqida ko‘plab xabarlar yozilgan. O‘quv markazi yoshlarning kelajak yo‘llarini tanlashda hamda muvafaqqiyatga erishishda yordam berish uchun tinimsiz harakatda.
Masalan, yangi uslub — ingliz tilida gaplashishni qog‘oz va qalamsiz o‘rganish kursi ushbu o‘quv markazda ishlab chiqilgandi. Undan so‘ng, 2—6 oyda IELTS darajasini 4,5 dan eng kami 7 ballga chiqara oladigan maxsus intensiv o‘quv kurslari tashkil qilinib, bugunga qadar o‘quv markazi talabalari o‘zlari kutgandan ham yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar.
Markaz nafaqat yangiliklar qiladi, balki ularni amalda ham isbotlaydi. Markazda ishlab chiqilgan o‘xshashi yo‘q IELTS kursining bugungi kundagi natijalari quyidagicha:

2016 yilning oktabr oyidan bugunga qadar jami 27 nafar talaba, barchalari kafolatlanganidek, IELTS tizimida 7 balldan yuqori natija qayd etishgan.
«Tilimdagi chegara — mening dunyoimdagi chegara». (Lyudvig Vitgenshteyn)

Pirovard maqsadimiz talabalarizmizning yorqin kelajagi, ya’ni bizning talabalarimiz eng nufuzli universitetlarga kirshlari, kengroq ish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari, hamda karerada jadal o‘sishlaridir. Boshqacha qilib aytganda, bugungi kunda eng nufuzli xalqaro universitetlarga kirish, mansabda o‘sish, yuqori maosh taklif qiladigan ish imkoniyatlarining hammasi ingliz tilini bilishga bog‘liqligi hech kimga sir emas. Fast and Easy o‘quv markazi esa o‘zining 2 oydan 6 oygacha davom etadigan IELTS kurslari hamda 5 kunlik IELTSgacha tayyorgarlik kurslari orqali o‘z talabalariga ingliz tilini eng qisqa muddatlarda professional darajada o‘zlashtirishda yordam beradi.



















