Germaniyaning Frankental şahri markazida 12 mart keçki vaqt piçoq bilan qurollangan erkak 4 kişini yaraladi. Jinoyatçi hibsga olingan, deb ma'lum qildi mahalliy politsiya tvitterda.
Bosqinçining nima sababdan odamlarga hujum qilgani sabablari aniqlaştirilmoqda.
Presseportal naşrining yozişiça, uşbu hujum yuzasidan 29 yoşli misrlik qölga olingan. U barda spirtli içimlik uçun pul tölaşdan boş tortib, bar egasi bilan tortişib qolgan. Söngra yonidan piçoq çiqarib köçaga qoçib çiqqan. U qoçayotganda yölida uçragan odamlarga piçoq bilan hujum qilib ketavergan. Buning oqibatida 4 nafar tasodifiy piyoda jarohat olgan. Xayriyatki, ulardan heç biriga jiddiy jarohat yetmagan.
Bu hujum mehmondöst Germaniyada kelgindilar odamlarga maçete, piçoq va boltalar bilan hujum qilayotgan birinçi hodisa emas. Bu voqeadan uç kun avval Dyusseldorf temir yöl vokzalida bir erkak bolta bilan 4 kişini yaralagandi.












