2017 yilning 19-fevralida dahşatli fojia röy berdi. Bir neça yil ilgari Nigeriyadan Rossiyaga kelgan ayol huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat qildi: u öğlining yöqolgani haqida ma'lum qildi. "Dni.Ru" şu haqida xabar berdi.
Ayolning sözlariga köra, uning öğlini oxirgi marta körgan inson 32 yoşli enaga bölgan. Biroq u bolani onasining dugonalaridan biriga berganini ta'kidlagan.
Huquq himoyaçilari bu ma'lumotni tekşirişga muvaffaq bölişdi. Ular videokuzatuv kameralaridagi barça yozuvlarni töplab, bola enaganing uyidan taşqariga çiqmaganini aniqlaşdi.
"Barça videoroliklarni bir sutkadan ortiq közdan keçirdik. Enaga bolani topşirganini aytgan taxminiy joygaça bölgan videoni ham topdik. Biroq kadrlar uning sözlarini tasdiqlamadi", - dedi Tergov qömitasi xodimi Konstantin Baranov.
Şunda tergovçilar bolani Krasnodarda yaşovçi enaganing uyidan izlab körişga qaror qilişdi. Bola enaganing garajidagi çuqurçadan topildi.
"Qazişni boşladim, u yerda esa - qora polietilen paket, içida - dahşatli topilma", - deydi Tergov qömitasi xodimi Aramis Kazaryan.
Enaga amalga oşirgan mudhiş qilmişiga iqror bölişiga töğri keldi. U bolani ölik holda topgani, uni huşiga keltirmoqçi bölgani, ammo qörqib ketganidan uning tanasini kömib qöyişga qaror qilganini aytdi. Taxminiy qotil bir hafta davomida bolaning hayotdan köz yumganini onadan yaşirgan.
Keyinroq jinoyatçi öz körsatmalaridan boş tortdi. Tergovçilar bolaning öldirilgan bölişi mumkinligi haqidagi versiyani ham inkor qilişmayapti: uning tanasida böğişning iziga öxşaş belgilar aniqlangan. Hozirda jinoiy iş böyiça tergov davom etmoqda.












