Telegram messenjerining Beta-versiyasi mavjud bölgan istagan kişi unda qönğiroqlarni sinovdan ötkazişi mumkin. Bu haqidagi xabar Telegram info Telegram-kanalida paydo böldi. 

Manbaga köra, qönğiroqlar end-to-end şifrlovi bilan himoyalangan. Sizga qönğiroq qilişi mumkin bölgan kişilar röyxatini çeklaşingiz yoki kiruvçi qönğiroqlarni butkul taqiqlaşingiz mumkin. Qönğiroqlar hozirça faqat test rejimida işlamoqda. 

Şuningdek kanalda qönğiroqni qanday amalga oşiriş mumkinligiga izoh berilgan. 

Foydalanuvçilar @news_telegram guruhida test serverida bir-birlariga qönğiroq qilişga urinib körişmoqda. Ba'zilar haqiqatda buning uddasidan çiqişganini  ta'kidlaşmoqda, ilovada ham telefon göşagining piktogrammasi paydo böldi. Çat qatnaşçilari ham Telegram işlab çiqaruvçilari yangi funksiyani sinovdan ötkaziş uçun bu xabarni özlari tarqatişgani taxmin qilinmoqda. 

Hamjamiyat muharrirlari bu yakuniy funksiyalar emasligini ta'kidlaşmoqda. 

2017 yilning 17 yanvarida messenjer asosçisi Pavel Durov kompaniya Telegram'ga audioqönğiroqlar funksiyasini qöşişni rejalaştirayotganini tasdiqlagandi.