Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Germaniya hukumati va kansleri Angela Merkel öz davlatlari hududida terrorçilarni qöllab-quvvatlaşlarini aytdi. Erdöğan bu haqda A Haber telekanali efirida aytib ötdi.
"Germaniya eng şafqatsiz tarzda terrorçilarga kömak körsatadi. Biz avvalroq Germaniyaga terrorçilar haqida 4,5 mingta hujjat yuborgandik", deb aytdi Erdöğan.
"Merkel, sen terrorçilarni qöllab-quvvatlaysan, boqasan. Biz 4,5 mingta hujjat yuborganmiz, biroq ular böyiça birorta çora körilmagan", deb qöşimça qildi Erdöğan.
Erdöğan, şuningdek, Turkiyada uşlangan Die Welt nemis naşri jurnalisti Deniz Yujyelni "ayğoqçi va terrorçi" deb atadi.












