Xitoyning şimoli-şarqida joylaşgan Xeyluntszyan viloyati hududidagi kömir konida öpiriliş yuz berişi oqibatida 17 kişi halok böldi. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy hukumatga asoslangan holda xabar berdi.
Hodisa ötgan haftada Şuan'yaşan okrugidagi Longmay Mining Holding Group kompaniyasiga tegişli şaxtada röy bergan. Şu vaqtga qadar hududda qidiruv-qutqaruv amaliyoti ötkazilgan. Bugun kon içida qamalib qolgan konçilarning jasadlari topildi.
Hodisa röy bergan kuni 256 konçi qutqarilgandi.
Hodisa böyiça tekşiruvlar olib borilmoqda.
Bundan oldinroq 2017 yilda Xitoy hukumati mamlakat hududida 500dan köproq kömir konini yopmoqçi ekani xabar qilingandi.












