Malayziya Içki işlar vaziri Ahmad Zohid Homidiy ötgan oyda mamlakat poytaxti Kuala-Lumpur şahri aeroportida halok bölgan Kim Çen Namning jasadi mömiyolangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Malayziyadagi Star gazetasi xabar yozgan.

"Ha, bu töğri. Bundan maqsad jasadni saqlab turiş", degan u jurnalistlar savollariga javob bera turib. Uning sözlariga köra, KXDR yetakçisi akasi ayni vaqtda Kuala-Lumpurdagi şifoxona jasadlar saqlanadigan xonasidan olib ketilgan.

10 mart kuni Malayziya politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakr poytaxt aeroportida öldirilgan şaxs çindan ham KXDR yetakçisining akasi Kim Çen Nam ekanligini tasdiqladi.

Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Subramaniam Satxasivam ölim man etilgan VX asab-falaj moddasi ta'sirida yuz berganligini ma'lum qildi.

Malayziya rasmiylari Kim Çen Nam jasadini olib ketiş uçun uning oilasiga 3 hafta muddat bergan.

Malayziya hukumati Kim Çen Nam jasadini nima qilişni bilmayapti