13 mart kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Eron Islom Respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Ibrohim Rahimpur boşçiligidagi delegatsiya iştirokida Özbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining beşinçi raundi bölib ötdi.
Özbekiston TIV matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuv davomida turli şakllardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirişda, şuningdek, BMT, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti doirasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarga e'tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni çuqurlaştirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Şu nuqtai nazardan Özbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon mintaqalararo transport koridorini işga tuşiriş alohida ahamiyat kasb etişi ta'kidlandi.
Muzokaralar çoğida vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarni doimiy asosda ötkaziş ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni tizimli körib çiqiş, hamkorlikning Özbekiston va Eron manfaatlariga mos keluvçi yönalişlarini birgalikda işlab çiqiş imkonini berişi e'tirof etildi.
Maslahatlaşuvlarda Eronning Toşkentdagi elçisi Bahman Oğoroziy Dörmoniy ham iştirok etdi.












