Toşkent şahar adliya boşqarmasining Şartnomaviy-huquqiy işlarni nazorat qiliş bölimi «Kun.uz»ga 2016 yil davomida elektr ta'minoti korxonalarida ötkazilgan örganişlar töğrisida ma'lumot berdi.
Toşkent şahar adliya boşqarmasining Şartnomaviy-huquqiy işlarni nazorat qiliş bölimi tomonidan «Toşkent şahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va uning tizimlarida şartnomalar tuzilişi va bajarilişida qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi ahvoli örganildi.
Örganiş natijasida elektr ta'minoti korxonalari faoliyatida 32 724ta qonunbuziliş holatlari aniqlangan.
Şunga köra, mazkur qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va aybdor mas'ul xodimlarga tegişli çora köriş haqida «Toşkent şahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJga taqdimnomalar kiritildi, natijada 59 nafar mas'ul xodimga intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.
Bundan taşqari, 36 nafar mas'ul xodimga Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 43, 2419-moddalari bilan ma'muriy bayonnonomalar rasmiylaştirilib, jinoyat işlari böyiça sud qaroriga asosan 36 nafar mas'ul xodim ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
















