Qozoğiston prezidenti bir neça xodimlar özgarişlarini amalga oşirdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz naşri.
Nursulton Nazarboyev Qozoğistonning 4 ta viloyati hokimini özgartirdi.
Qarağanda viloyati hokimi (akimi) etib Yerlan Koşanov, Oqmola viloyati hokimi etib Murzalin Malik, Manğistau viloyati hokimi etib Yerali Tugjanov va Şimoliy Qozoğiston viloyati hokimi etib Kumar Aksakalov tayinlandi.
Şuningdek, Respublika byudjyeti ijrosini nazorat qiliş hisob palatasi raisi ham özgargan. Palataga Qarağanda viloyatining sobiq hokimi Nurmuxambet Abdibekov rahbar etib tyinlandi.
Nazarboyev buyruği bilan Darxan Minbay Qozoğiston xalqi assambleyasi raisi örinbosari, Prezident ma'muriyatining Qozoğiston xalqi assambleyasi kotibiyati boşliği etib tayinlandi.












