Yevropa çempionlar ligasining 1/8 finalidan örin olgan yana bir eng intrigasi past uçraşuvlardan biri Madridda bölib ötadi. «Atletiko» Leverkuzenning «Bayyer» jamoasini qabul qildi. Tribuna.Uz favorit va autsayder aniq bölib ulgurgan qarama-qarşilik atrofidagi voqealarga batafsil töxtalib ötadi.
Atletiko – Bayyer (16 martga ötar keçasi, 00:45 Matç! Futbol 2)
Yuqorida aytib ötganimizdek uçraşuv köpçilik kutganidek ortiqça savollarsiz ötişi kutilmoqda. Mutaxassislarning köpçiligi qur'adan keyinoq madridliklarning keyingi bosqiçga çiqişini başorat qilişgandi. Diyego Simeone şogirdlari buni birinçi öyindayoq isbotlaşdi va mehmondan 4:2 hisobidagi işonçli ğalaba bilan qaytişdi.
«Bayyer» endilikda keyingi bosqiçga çiqişi uçun, kamida uçta töp kiritişi va öz davrozasidan töp ötkazib yubormasligi kerak böladi. Öz uyida törtta gol ötkazib yuborgan jamoadan bunday natijani kutiş deyarli fantastika bilan teng.
Öyindan oldin
Atletiko
Simeone şogirdlari uçraşuvga mehmonda «Granada» ustidan qozonilgan ğalaba orqali yetib kelişdi. Jamoa La-liga turnir jadvalida 3-örinda borayotgan «Sevilya»dan beş oçko kam töplagan holda 4-örinda bormoqda. Sönggi paytlarda «Atletiko» oldingi mavsum bilan soliştirganda ança köp gollar ötkazib yubormoqda. Natijada jamoa har doimgidek «Real» va «Barselona» bilan çempionlik uçun kuraşa olmayapti.
Bayyer
Uçraşuv oldidan leverkuzenliklar boş murabbiy Rojyer Şmidtni iste'foga çiqardi. Şundan söng klub Germaniya bundesligasida ikkita işonçli ğalabani (3:1 — «Augsburg» ustidan, 3:0 – «Ayntraxt» ustidan) qölga kiritdi. Ammo jamoa hamon çempionatning örtamiyona klublaridan biri bölib qolmoqda. Hozirda 31 oçko töplagan «aspirinçilar» 10-örinni egallab turişibdi. Jamoa katta ehtimol bilan kelgusi mavsumda heç qanday yevrokuboklarda iştirok etmaydi. «Atletiko»ga qarşi uçraşuvgaça jamoa YeÇLda 8 uçraşuvda yutqazmagandi.
Yöqotişlar
Leverkuzenliklar tarkibida markaziy himoyaçi Emer Toprak maydonga tuşa olmaydi. Şuningdek Lars Bender, Jonatan Ta va Ştefan Kisslingning ham maydonga tuşişi söroq ostida turibdi. Mezbonlar tarkibida hamon Xuanfran maydonga tuşa olmayapti.












