Rossiya boş vaziri örinbosari Dmitriy Kozak sanoat guruhlariga «DXR» va «LXR»dagi korxonalarga temir rudasi yetkazib berişni taklif qilgan. Bu haqda Rossiya metallurgiya bozoridagi manbaga asoslangan holda RBK xabar bergan.
Naşr ma'lumotiga köra, bunday taklif berilgan sanoatçilar qatorida «Metalloinvest» rahbari Alişer Usmonov hamda «Severstal» OAJ direktorlar kengaşi raisi Aleksey Mordaşov ham bor.
Manbalar ma'lumotiga köra, «kompaniyalar yaqin vaqtlar içida respublikalardagi korxonalarga rudalarni yetkazib beriş işlarini boşlaşga tayyor ekanliklari» haqida ma'lum qilişgan.
Concorde Capital investkompaniyasi tahlilçisi Aleksandr Paraşçiyning bildirişiça, Donetskdagi Yenakiyevsko va Makeyevsko zavodlariga har yili 2,6 mln tonna ruda kerak böladi, Luganskdagi Alçevsko metkombinatiga esa — 1,6 mln t.
Naşr ma'lumotiga köra, «Severstal» ötgan yilda 14,9 mln tonna temir rudasi xomaşyosi işlab çiqargan, «Metalloinvest» esa 40,7 mln tonna.

















