Turkmanistonning Xitoyga qöşimça tabiiy gaz yetkazib beriş yöli bilan mustaqillik yillaridagi eng kuçli iqtisodiy inqirozga barham beriş borasidagi orzulari uşalmay qoladigan körinadi. Gap şundaki, şu kunlarda Turkmanistondan XXRga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça törtinçi gaz quvurini qurmaslikka qaror qilindi. Oilprice.com saytida şu haqda tahliliy maqola çop etildi.
Taxminlarga köra, D quvuri orqali Xitoyga har yili 30 mlrd kub metr gaz yetkazib berilişi rejalaştirilgan edi. Bugungi kunda, Turkmanistondan Özbekiston va Qozoğiston orqali Xitoyga çözilgan uçta gaz (A, B, C) quvurida mahsulot yetkazib berilmoqda.
2016 yil oxirida Xitoy törtinçi gaz quvuriga qiziqişini yöqotgan. Biroq, rasman yangi gaz quvuri qurilişini Pekin emas, balki Özbekiston yopdi. 2017 yil 2 mart kuni RIA Novosti agentligi xabar qilganidek, China National Petroleum Corporation va “Özbekneftegaz” D gaz quvuri qurilişini noma'lum muddatga qoldirdi.
Bu loyihaning bekor qilinişi 25 yilda eng kuçli iqtisodiy inqirozni boşdan keçirayotgan Turkmaniston uçun oğir zarba böldi. Respublika iqtisodiyotining gaz eksportiga öta boğliqligi uşbu holatni izohlaydi. Inqirozning kuçayişiga Rossiyaning turkman gazini xarid qilişdan voz keçgani hamda Eronning şu yil boşidan şartnoma bandlari böyiça kelişa olmagani sabab gaz olişni töxtatgani sabab böldi.
Xitoy Turkmanistonga ming kub gaz uçun 185 dollardan tölaydi, Aşxobodning ötgan yili Xitoyga 30 mlrd kub metr gaz sotgani inobatga olinsa, yaxşigina daromad körilgandek körinadi. Biroq, vaziyatni Xitoydan olingan ulkan gaz kreditlari buzmoqda. Tabiiy gazning bir qismi gaz konlarini özlaştiriş uçun olingan kreditlar evaziga yetkazib berilmoqda.
Albatta, mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov ulkan gaz loyihalari haqida, ularning mamlakatni yanada boyitişi haqida köp gapiradi. Masalan, Turkmaniston-Afğoniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri şular jumlasidan. Bu loyiha amalga oşgudek bölsa, Aşxobod yiliga 33 mlrd kub metr gazni mijozlariga yetkazib berişi mumkin. Turkmaniston rahbariyati öz hududidagi gaz quvurlarini qurişni boşlagani haqida ma'lum qilgan bölsa, Pokiston ham şu oyning boşidan qurilişga start berdi. Lekin masalaning ikkinçi tomoni ham bor. Turkmanistondan Pokistonga boruvçi gaz quvurining 700 kilometri Afğoniston hukumati va Tolibon harakati örtasida ayovsiz janglar davom etayotgan hududlardan ötişi kerak.
Prezident Berdimuhammedov 2019 yildan TAPI quvuri böylab gaz yetkazib berilişini aytayotgan bölsa, Islomobod 2017 yil yanvarida bu taxminni rad etib, gaz quvuri kamida bir yil keçroq foydalanişga topşirilişini ma'lum qildi.












