Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini tabrikladilar.

Turkiya Prezidenti  Rajab Toyyib Erdöğonning qutlovida bunday deyiladi: “Turkiya Respublikasi va qardoş Özbekiston Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va qardoş Özbekiston xalqini şaxsan öz nomimdan va Turkiya xalqi nomidan samimiy tabriklayman va ezgu istaklarimni yöllayman".

Rajab Toyyib Erdöğon 2016 yil 18 noyabrda Samarqand şahrida ötgan oliy darajadagi muzokaralar çoğida özaro munosabatlarni kengaytiriş borasida hamkorlikda işlaş töğrisida erişilgan kelişuvlar amalga oşirilişiga işonç bildirgan, Turkiya mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yölidagi hamkorlikni özaro işonçli asosda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro miqyosda rivojlantirişga tayyor ekanini ta'kidlagan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qutlovida "1992 yilning mart oyida diplomatik munosabatlar örnatilgandan söng qisqa vaqtda, ya'ni öşa yilning aprel oyida Toşkent şahrida Turkiya Respublikasi elçixonasi oçilgan"ini alohida ta'kidlagan.

Davlatimiz rahbarining tabrigida bunday deyiladi: "Özbekiston hukumati delegatsiyasining şu yil 26 fevral – 2 mart kunlari Turkiyaga taşrifi özaro kelişuvlarimizning mantiqiy davomi böldi. Fursatdan foydalanib, mening vakilim bilan uçraşganingiz va alohida hurmat körsatganingiz uçun samimiy minnatdorlik bildiraman".

Prezidentimiz Özbekiston bilan Turkiya siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, harbiy-texnik, sayyohlik, logistika va boşqa sohalarda özaro munosabatlarni rivojlantiriş uçun hali foydalanilmagan va bir-birini töldiradigan ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etgan. Şu nuqtai nazardan hamkorlikni kengaytiriş va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Özbekiston Prezidenti tomonlar birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan keng kölamli va uzoq muddatli şeriklik munosabatlarini qardoş xalqlarimiz farovonligi yölida sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirgan.