Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutida «Zukko kitobxon» körik tanlovi ötkazildi.

Tanlov Özbekistonda yoşlarning ijtimoiy-ma'naviy bilimlarini yanada mustahkamlaş va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oşiriş, yoşlarning dunyoqaraşi va fikrlaş doirasini kengaytiriş hamda yoşlarni vatan, xalq, milliy qadriyatlar, tarixiy-ma'naviy merosga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalaş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning intellektual salohiyati va öz iqtidorlarini namoyiş etiş uçun imkoniyat yaratiş hamda kitob öqişga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida taşkil etildi. 

2017 yil 14 mart kuni bölib ötgan Zukko kitobxon» körik tanlovining institut bosqiçida 1-örinni Suv xöjaligida menejment fakultetining GENIUS jamoasi, 2-örinni Gidrotexnika inşoatlarini quriş va ulardan foydalaniş fakultetining «Muhandis» jamoasi, 3-örinni Yerdan foydalaniş va yer kadstri fakultetining «Izdoşlar» jamoasi qölga kiritdi.

Ğolib bölgan jamoalarni institut rahbariyati nomidan Ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça prorektor Q. Şovazov,  boş hisobçi I. Hasanov, Monitoring va içki nazorat bölim boşliği X. Lapasov, «Kamolot» YoIH BT yetakçisi U. Alimov taqdirladi.