Donald Tramp ma'muriyatining 2018 moliya yili uçun taqdim etgan byudjyet loyihasi mudofaa xarajatlarini keskin oşirişni va xalqaro yordam uçun ajratiladigan mablağlarni kamaytirişni közda tutadi. Ijtimoiy dasturlar va atrof-muhit muhofazasi uçun mablağlar ham kamaytiriladi. Garçi ma'muriyat byudjyet loyihasini e'lon qilmagan bölsa-da, Reyter agentligi uni oşkor etişga ulgurdi. 

Avval xabar berilganidek, Trampning ilk byudjyeti mudofaa maqsadlaridagi xarajatlarni deyarli 10 foizga oşirişni közda tutadi. Bu raqamlarda 54 mlrd dollarni taşkil etadi. Şundan 52 milliardi Pentagonga, qolgani boşqa vazirliklarning mudofaa dasturlariga ajratiladi. 

Bundan avval, mudofaa byudjyeti 522 mlrd dollarni (yangi rejaga köra, 576 mlrd) taşkil etişi kerak edi. Aytiş joizki, Kongressdagi respublikaçilarni bu mablağ ham qoniqtirmayapti. Xususan, Senatning qurolli kuçlari qömitasi rahbari Jon Makkeyn yiliga 640 mlrd dollar ajratişni taklif qilmoqda. 

Yangi byudjyet loyihasi terrorizmga qarşi kuraş, yangi harbiy kemalar quriş va HHK uçun yangi F-35 samolyotlarini xarid qilişni közda tutadi. 

Içki xavfsizlik vazirligi byudjyeti ham qariyb 7 foizga oşirilgan. Meksika bilan çegarada devor quriş uçun bu yilning özida 1,5 mlrd dollar ajratiladi. Kelasi yilga bu raqam 2,6 milliard dollarni taşkil etişi kerak. 

Şu bilan birga, kelasi yilgi byudjyet loyihasida davlat departamenti xarajatlarini 28 foizga qisqartiriş rejalaştirilgan. Bu haqda Oq uy ma'muriyati ma'muriy-byudjyet boşqarmasi rahbari Mik Malveyni ma'lum qilgan.

Agentlikka köra, AQŞ davlat departamenti va AQŞ xalqaro rivojlaniş agentligiga atigi 25,6 mlrd dollar ajratiladi. Bu avvalgi yildan 10 mlrd dollar kam demakdir. 

Bundan taşqari, BMT, iqlim özgarişlariga qarşi kuraş va madaniy dasturlarga ham kam mablağ ajratiladi. Şuning barobarida xorijda, jumladan Afğoniston, Iroq va Suriyada kutilmagan xarajatlar ehtimoliga 12 mlrd dollar saqlanadi. 

AQŞ Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi (YeRA) byudjyeti qariyb uçdan birga qisqartiriladi. Vazirlik işçilarining 19 foizi yoki 3 ming nafardan ortiğini işdan böşatiş belgilanmoqda. 

Bulardan taşqari, mehnat, ta'lim, şaharsozlik vazirliklari ham keskin tejaş qurboni böladi. Tramp ularning har birida önlab dasturlarni bekor qilişni rejalaştirmoqda. AQŞ qişloq xöjaligi vazirligi byudjyeti esa 21 foizga qisqartiriladi. Obama ma'muriyatining havoga is gazini çiqarişni kamaytiriş dasturi ham moliyalaştirilmaydi.