AQŞ hukumati yadro qurolining sinoviga bağişlangan 750ta filmdan maxfiylik maqomini oldi va YouTube’da 60dan ortiq videoni joylaştirişga imkon berdi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
Loyiha AQŞning Kaliforniya ştatidagi Livermor milliy laboratoriyasi taşabbusi bilan ötkazildi. 1945 yildan 1962 yilga qadar tasvirga tuşirilgan ön minglab materiallar tahlil qilindi, 55 yil davomida 200dan ortiq yadro sinovlariga oid kadrlar omborxonalarda saqlangan va asta-sekinlik bilan çirib borgan.
«Biz uşbu filmlar çiriş arafasida turganini bilamiz, şuning uçun ular hali işlatişga yaroqli ekanidan foydalanib qolmoqçi böldik», - deya ma'lum qildi fizik, Livermor milliy laboratoriyasi mutaxassisi Greg Spriggs.
AQŞ sovuq uruşda ustunlikka erişiş uçun 1000dan ortiq yadro qurolini portlatgan. Mutaxassislar ma'lumotlar yadro portlaşlari oqibatlaridan yaxşiroq xabardor böliş imkonini berişiga umid qilmoqda.
Şuningdek Spriggsning ma'lum qilişiça, yadro loyihalari haqidagi ma'lumotlarning oşkor etilişi bölajak avlod uçun dars bölib xizmat qiladi.
«Umid qilamizki, boşqa heç qaçon yadro qurolidan foydalanmaymiz. Öylaşimça, agarda u qançalik vayronagarçilik olib kelişini körsatsak, ehtimol, kişilar uni foydalanişdan voz keçadilar», - deya xulosa qildi Spriggs.











