Xitoy xalq milliy armiyasining iste'fodagi generali Vang Xonguang  South China Morning Post naşriga ma'lum qilişiça, Xitoy Janubiy Koreya hududida THAAD raketaga qarşi mudofaa tizimini joylaştirişiga qarşilik qila olmagan bölsada, bu tizimni zararsizlantiriş salohiyatiga ega hisoblanadi.

General Janubiy Koreya prezidentining hokimiyatdan çetlatilişi bu tizimning joylaştirilişi töxtatilişi uçun sabab bölişiga umid qilişi şart emasligini ta'kidlagan.

Uning sözlariga köra, amerikaliklarning Şimoliy Koreyaga qarşi şunday tizimi hududga olib kelinişidan oldinroq Xitoy tomoni tegişli çoralarni körib qöygan. U Xitoy bu tizimga qarşi öz tizimini tayyorlab qöyganini bildirib ötgan.

Harbiy ekspertlarning sözlariga köra, bunday tizimni örnatiş uçun eng mos joy Şandun yarim oroli hisoblanadi.

Xitoyliklar Amerika Janubiy Koreyada RQM tizimi örnatiş bilan çeklanmasdan Yaponiya, Singapur, Filippin va Tayvan böylab şunday tizimlar tarmoği örnatişi mumkinligini aytişmoqda.