TATU (Toşkent axborot texnologiyalari universiteti) qoşidagi «Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratiş markazi» örnida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi» taşkil etiladi.

Bu haqda prezidentning «Toşkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida  belgilab qöyilgan.

Mazkur markazning asosiy vazifalari sifatida iqtisodiyotning yetakçi soha va tarmoqlari uçun real ehtiyojlarni hisobga olib, içki va taşqi bozorlarda raqobatdoş, sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlarni yaratişga, eng avvalo, TATUda ta'lim olayotgan talabalarni keng jalb etiş belgilandi.

Qarorga köra, markazda iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlari va sohalari buyurtmalari asosida boşqaruv, işlab çiqariş, biznes va boşqa yönalişdagi jarayonlarni avtomatlaştirişni tizimli va ilmiy tahlil qiliş, ularning modellarini hamda algoritmlarini işlab çiqiş hamda joriy etiş mexanizmlari yaratiladi.

Markazda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, TATU talabalari, mutaxassislari va yoş ilmiy xodimlarini milliy dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualarni yaratiş böyiça ilmiy-tadqiqot loyihalariga keng jalb etiş, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilğor ilmiy-tadqiqot markazlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyişga ham katta e'tibor qaratiladi.

Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati şundan iboratki, universitet qoşida Ilmiy-innovatsion rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilmoqda. Mazkur jamğarmaning mablağlari mobil aloqa xizmatlari körsatadigan kompaniyalar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uçun tölanadigan tölovdan tuşadigan mablağlarning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa tuşumlardan şakllantirilişi közda tutilmoqda.

Jamğarma mablağlaridan:

  • universitet uçun öquv darsliklar, ilmiy adabiyotlarni yaratiş va naşr etiş, jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qiliş, iqtidorli talabalar uçun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplaş va «Muhammad al-Xorazmiy avlodlari» ilmiy jurnali naşr etilişini moliyaviy qöllab-quvvatlaş;
  • universitet va markazning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini tanlov asosida moliyalaştiriş, ularning ilmiy va öquv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur materiallar va butlovçi qismlar bilan ta'minlaş;