AQŞ prezidenti Donald Tramp xalqaro yordam ajratiş hajmini kamaytiriş niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uyning ma'muriy-byudjyet boşqarmasi direktori Mik Malveyni xabar qildi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

«Prezident xorijda kamroq va bizning mamlakatimizda köproq pul sarflaşi haqida ma'lum qildi. Şuning uçun biz bu siyosatni amalga oşirganimizda, xorijiy yordam kabi narsalar qisqaradi», - deya aytib ötdi Malveyni AQŞning 2017 yilga möljallangan byudjyeti “xomaki” nusxasi taqdimotida.

Şuningdek Malveynining jurnalistlarga ma'lum qilişiça, ular «davlat departamenti böyiça keskin qisqartirişning guvohiga aylanadilar». Uning sözlariga köra, Oq uyda Davlat departamentining muhim diplomatik funksiyalarini qisqartirişdan himoya qilişgan, deb hisoblaşmoqda.