Bugun, 16 mart kuni Toşkent şahridagi matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlaş tibbiyot tizimida ötkazilayotgan islohotlarning boş maqsadlaridan biridir" mavzusidagi matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda çeklangan narxlarda sotuvga çiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarining 2016 hamda 2017 yillar uçun qiyosiy jadvali mahalliy dori vositalarining narxi 8 foizdan 44 foizga pasayganligini körsatişi qayd etildi. Şunday ekan, Özbekiston aholisi endi mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarni sezilarli darajada past narxlarda xarid qiliş imkoniga ega bölayotgani ta'kidlandi.

Soğliqni saqlaş vaziri birinçi öribosari Hojiboyev Abduhakim Möminoviç

Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruğiga asosan, yuridik şaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilaş tartibi qöpol ravişda buzilsa, ularga nisbatan qat'iy jazo qöllaş va hatto litsenziyadan mahrum qiliş közda tutilgan.

Iste'molçilarda mamlakatimizdagi mavjud dorixonalardagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati va narxi bilan boğliq bölgan masalalar böyiça hal etilmagan muammo, ariza, şikoyat yoki takliflar bölsa, Soğliqni saqlaş vazirligining uşbu yönalişda taşkil qilingan (0371) 242-84-16 raqamli Işonç telefoni orqali murojaat qilişlari mumkin. Har bir murojaat Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan körib çiqiladi, nazoratga olinadi qa qonun doirasida hal etiladi.

 

Foto: Kun.uz

Şuningdek 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab respublikamizdagi barça dorixonalarning "iste'molçi burçagi"da bölişi majburiy eng zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning minimal röyxati, belgilangan narxlarda sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning çeklangan narxlari hamda şu narxlarda sotuvga çiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 hamda 2017 yillar uçun qiyosiy jadvali ilindi.