2017 yil 16 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2017 yil 18 mart şanba dam oliş kunini 2017 yil 20 mart duşanba kuniga köçiriş töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.
Prezident qarorida umumxalq Navröz bayramining mamlakat ma'naviy hayotidagi katta örni va ahamiyatini e'tiborga olib hamda aholining dam olişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida:
2017 yil 18 mart şanba dam oliş kuni 2017 yil 20 mart duşanba kuniga köçirildi va iş kuni deb hisoblandi.
2017 yil 20 mart duşanba kuni dam oliş kuni deb e'lon qilindi.
Mazkur qaror haqida internet tarmoqlarida xabar tarqalgaç, köpçilikda duşanba kuni kimlar dam olişi böyiça savollar paydo böldi.
Öquvçilar sayt tahririyatiga bu borada ma'lumot sörab murojaat qilişmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvçilar bu borada öz fikrlarini bildirişmoqda. Unga köra, 19 mart, yakşanba kuni 6 kunlik iş haftasida işlaydigan uçun iş kuni va ta'lim muassasalarida öqiş kunlari deb e'lon qilinişi mumkinligi aytilgan.
«Mehnat vazirligining 2017 yil 17 martdagi iş vaqtlari hajmi böyiça ma'lumotda, 6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun mart oyida 25 kun iş kuni bölişi ma'lum qilingan. Bu degani yoki yakşanba, yoki duşanba kuni iş kuni böladi. Biroq Prezident qarorida duşanba dam oliş kuni deb e'lon qilinganligi sababli, katta ehtimol bilan yakşanba kuni iş kuni bölsa kerak», deyiladi jumladan.
Şuningdek, Xalq ta'limi vazirligi yakşanba kunini öqiş deb e'lon qiliş haqida buyruq tayyorlayotgani haqida xabarlar mavjud.
«Kun.uz» sayti bu haqda ma'lumot olişni istab, tegişli taşkilotlarga murojaat qilib, rasmiy ma'lumot olişni istadi. Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligi kun davomida qönğiroqlarga javob qaytarmadi.
Xalq ta'limi vazirligi esa juma kuni tugayotgan mahalda bu borada loyiha tayyorlanayotgani, aniq ma'lumot tez orada bölişini bildirdi.
Mehnat vazirligidagi manba 6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar 19 mart kuni dam olib, 20 mart kuni, ya'ni prezident tomonidan dam oliş kuni deb e'lon qilgan kunda işlaşi haqida ma'lumot berdi. Şu bilan birga u bu ma'lumotni rasmiy deb ayta olmasligini qöşimça qildi.

















