Tuşgaça uxlaş yordam bermasligi aniq, biroq işga oid çatlarni öçirib qöyiş samara berişi tayin, deya ta'kidlamoqda Layfxaker.

Foto: Layfxaker

Dam oliş kunlarini oldindan rejalaştiring

Bu juda ezma bölib körinişi mumkin. Biroq rejasiz dam oliş kunlari qanday ötişini bir eslang. Karavotda ança vaqtgaça qolib ketasiz, qayerga boriş haqida öylab, asta-sekin kiyinasiz. Internet sahifalarini közdan keçirasiz, u yerdan biror variantni topişga umid qilasiz. Oxir-oqibat, uydan  keç va asabiy holda çiqasiz. Çunki dam oliş kunining köp qismi bekorga ötib ketdi.

Ana şu hol yuz bermasligi uçun duşanba kuni dam oliş kunlari haqida öylaşni boşlang. Birinçidan, bu yoqimli, çunki kutiş hissi insonga xursandçilik beradi. Ikkinçidan, qayerga boriş haqida öylab köriş, uni döstlar bilan kelişişga ham ulgurasiz. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlardagi lentadan qiziqarli tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni yozib borasiz. Şanba kuni bu haqida boş qotirişga töğri kelmaydi.

Perfeksionizmni iş kunlariga qoldiring

Rejalaştiriş – muvaffaqiyat kaliti ekaniga oydinlik kiritdik. Biroq «qattiq» jadval tuziş kerak emas. Biror narsa kutganingizdek bölmasa va bu hordiqni çippakka çiqarsa, jahlingiz çiqadi. Reja konstruktor kabi bölgan ma'qul: agar biror joyga bora olmagan bölsangiz, uni boşqasiga almaştiriş qulay. Kutilmagan holatlar yuz beradi, ular dam oliş kunlarini buzmasligi lozim.

Şunday ekan, kutişlar körsatkiçini öta yuqori belgilamang va özingizga xotirjam böliş imkoniyatini bering. Oxir-oqibat, dam oliş kunlari aynan şunga atalgan.

Öz-özingizga samarasiz bölişga ruxsat bering

Bolalikdan bizga eng yaxşi hordiq – faollikni özgartiriş ekanini uqtirişadi. Şanba kuni karavotda kuçsiz yotamiz va dangasalik uçun öz-özimizni koyiymiz. Keyin esa serial tomoşa qilamiz va buning örniga biror foydali iş bilan şuğullanmaganimiz uçun yana jahlimiz çiqadi. Bunday qilişni bas qiling. Sizga çindan ham xursandçilik keltiradigan maşğulotlar bilan şuğullaning.