Aloqa operatori Beeline Make Your Mark (“Öz izingni qoldir”) global ijtimoiy taşabbusi doirasida “Uçinçi avlod-2017” taşqi ta'lim dasturi boşlangani haqida xabar beradi.
Ikki yil avval “Uçinçi avlod” Make Your Mark loyihasining ilk dasturi sifatida tanlangan edi. 2017 yilda dasturning IX mavsumida 2009 yildan şu kunga qadar iştirokçilarning eng köp soni qabul qilinadi: 22 kişi Beeline‘ning tijorat direksiyasi, texnik direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, jamoa bilan işlaş va taşkiliy rivojlantiriş direksiyasi, şuningdek, Beeline‘ning strategik loyihalari direksiyasida amaliyot ötaş oçilgan.
Voqeani şarhlar ekan, Unitel‘ning jamoa bilan işlaş va taşkiliy rivojlantiriş böyiça direktori Sofiya Gaynutdinova şunday dedi: “Sakkiz yil avval joriy etilgan “Uçinçi avlod” dasturi ayni paytgaça ta'lim va iş bilan ta'minlaş sohasidagi biznesning oçiq-oydinligining eng yorqin namunalaridan biridir. Yil sayin, Veon guruhining transformatsiyasini ahamiyatga olgan holda, amaliyot dasturida digital-mezon kuçayib bormoqda, bu esa talabalarga jahon darajasidagi kompaniyada kerakli bilim va malaka olişlariga kömak beradi”.

Yaqin kunlarda bir neça oliy öquv yurtlarida Beeline mutaxassislari “Uçinçi avlod-2017” böyiça qator taqdimotlar ötkazadilar. Dasturning saralaş bosqiçlariga Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkentdagi Vestminster universiteti, Toşkentdagi Moskva davlat universiteti, Inha universiteti, Cingapur menejmentni rivojlantiriş instituti, Turin politexnik universiteti, şuningdek, boşqa oliy öquv yurtlari talabalari taklif etildi.
Amaliyot natijalari böyiça eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi öqiş bilan keliştirilgan holda individual iş tartibi, kelajakda esa – Beeline‘da doimiy iş örni taklif qilinadi. "Uçinçi avlod" doirasida amaliyot ötaş 2017 yilning iyun-avgust oylariga rejalaştirilgan.
Make Your Mark taşabbusi 2014 yilning dekabr oyida joriy etilgan bölib, VimpelCom‘ning korporativ ijtimoiy majburiyatlari strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Uning maqsadi - yoşlarga kelajaklarini barpo etişda yordam beriş, ularga texnologik asbob-uskunalar, tajriba va bilim, ta'limni kengaytiriş, porloq kelajaklari yölidagi tösiqlarni ötişda yordam beriş.











