15 mart kuni Moskva viloyatida öz nomidagi akademiyani oçgan, afsonaviy amerikalik boksçi Floyd Meyvezer 16 mart kuni Çeçeniston poytaxti Grozniyda böldi va "Axmat" jang klubiga taşrif buyurdi.

Boksçi Moskvada bir kun bölib, Jukovkadagi akademiyasida rossiyalik boksçilarga master-klass bergan. Boksçi Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov taklifiga köra Moskvadan Grozniyga yöl olgan. Meyvezer "Axmat" klubiga taşrif buyurişdan oldin respublika rahbariyati bilan tuşlik qilgan.

Şuningdek, mehmon uçun Ramzan Qodirovning farzandlari körgazmali jang ötkazişgan. Boksçi ularni munosib baholagan.
Tuşlikdan keyin boksçi iştirokidagi delegatsiya "Axmat" klubiga yöl olgan. Bu yerda amerikalik uçun ekskursiya uyuştirilgan. Unga maşğulot jarayoni va qölga kiritilgan unvonlar namoyiş qilingan. Jahon sporti afsonasiga aylangan boksçi bunday qabuldan keyin "Axmat – kuç" ("Axmat — sila") degan iborani yodlab olgan.

Ta'kidlaş joizki, Meyvezer Moskvada bergan matbuot-anjumanida UFC çempioni Konor Makgregor bilan joriy yilda jang ötkazişga tayyorligini yana bir marotaba aytib ötgan. Boksçi mehmonxonaga qaytgaç esa unga tayyorlab qöyilgan "syurpriz"ni körgan: xonada boksçini ikki yildan beri uning qaramoğida bölgan ikkita yölbars kutib turgan edi.













