Portlash chorshanba kuni ro‘y berdi. O‘shanda Pemex sakkiz ishchi jarohat olgani haqida xabar bergandi.
"Afsuski, kecha (chorshanba) halok bo‘lgan xodimdan tashqari, Pemex’ning yana bir ishchisi va xususiy kompaniyaning ikki xodimi bugun (payshanba kuni) vafot etdi", - deyiladi Pemex’ning Twitter’dagi xabarida.
Jarohat olgan yana to‘rt kishi kasalxonada qolmoqda.
Korxonada mutaxassislar ish olib bormoqda, portlash sabablari aniqlashtirilmoqda.











