«Mançester Yunayted» futbolçisi Yevropa Ligasining nimçorak finalida «Rostov»ga qarşi keçgan öyinning ikkinçi bölimi vaqtida jarohat oldi. U 48-daqiqada maydonni tark etdi va uning örniga Marvon Fellayni tuşirildi.
Jamoa boş murabbiyi Joze Mourino futbolçining holati haqida ma'lumot berib ötdi.
«Aniğini bilmaymanu, ammo Pogba 3 haftaga safdan çiqqan bölsa kerak. U «Midlsbro»ga qarşi öynamaydi. Terma jamoa öyinlarini ham ötkazib yuboradi», dedi Mourino.
Uşbu öyinda mançesterliklarning yana bir futbolçisi safdan çiqdi. 63-daqiqada Deyli Blind jarohat oldi va uning örniga öyinni Fil Jons davom ettirdi.












