2017 yilning 10 mart kunidan 16 mart kuniga qadar Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarni xavfsizligini ta'minlaş, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan foş etiş, jinoyatlar sodir etilişini oldini oliş va profilaktikasi borasida qator işlar amalga oşirildi. Bu haqda Toşkent şahar IIB Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda.

Jamoat joylarida, oila-turmuş doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni oldini oliş maqsadida, sudlar tomonidan jamoat taşkilotlari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari ötkazildi.

Hafta davomida aniqlangan 207ta mayda bezorilik, 24ta yengil tan jarohati yetkaziş kabi huqubuzarliklar aynan şunday sayyor sudlarda muhokama qilindi.

Fohişaxona saqlaş va qöşmaçilik qiliş, fohişalik bilan şuğullaniş, jamoat joylarida spirtli içimliklar iste'mol qilinişini oldini oliş maqsadida, ötkazilgan profilaktik tadbirlar davomida:

13 ta fohişaxona saqlaş va qöşmaçilik qiliş jinoyatlari aniqlanib, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya'ni fohişaxona saqlaş va qöşmaçilik qiliş alomatlari bilan jinoyat işlari qözğatildi.

fohişalik bilan şuğullanib kelayotgan 39 nafar, jamoat joylarida spirtli içimlik iste'mol qilgan 624 nafar şaxslarga nisbatan ma'muriy ta'sir çoralari körildi.