2017 yil 16 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2017 yil 18 mart şanba dam oliş kunini 2017 yil 20 mart duşanba kuniga köçiriş töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.

Unga köra, aholiga ketma-ket 3 kun davomida dam oliş uçun şaroit yaratib berilgan.

Ammo 6 kunlik iş haftasida işlaydigan muassasalar xodimlari yakşanba kuni işga çiqadi. Bu ma'lumot  «Kun.uz» söroviga javob qaytargan turli manbalar tomonidan tasdiqlandi.

Özbekiston boş vazirining tegişli farmoyişiga köra, Moliya vazirligi sohasidagi taşkilotlar, banklar, jumladan Markaziy bank va barça tijorat banklari xodimlari, şuningdek, soliq idoralari xodimlari uçun 19 va 26 mart kunlari iş kuni deb e'lon qilingan.

«2017 yil mart oyi körsatkiçlari bajarilişini ta'minlaş, Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamğarmalariga tölovlar böyiça hisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş maqsadida bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini 2017 yil 18, 25 mart şanba hamda 19, 26 mart yakşanba kunlari qonunçilikda belgilangan tartibda işga jalb qilişga ruxsat etilsin», deyilgan Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov farmoyişida.

Ma'lumot uçun, Mehnat kodeksining 157-moddasida iş vaqtidan taşqari işlar, dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanişi belgilangan.

19 mart iş kunimi? Kun savoliga heç kimda javob yöq

Mehnat vazirligi Navröz bayrami arafasida 3 kun dam oliş ilojsizligini ma'lum qildi