Bu dunyoda abadiy narsaning özi yöq. Inson zoti ham bundan holi emas. U ham vaqti-soati kelganida, yoş-qariligiga qaramay hayotdan köz yumadi. Aytiş joizki, şunday holat insonlar, mamlakat fuqarolari taqdiriga bevosita mas'ul bölgan davlat rahbarlari bilan yuz berişi ehtimoliga maxsus rejalar tuzib qöyiladi. Xususan, Britaniya hukumati ham bu xususda öz rejasiga ega. Ma'lum bölişiça, unda qiroliçaning vafot etişi ipidan-ignasigaça rejalaştirilgan.
The Guardian naşrining e'lon qilişiça, mamlakat hukumati Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II vafot etişidan bir neça soat avval va keyin amalga oşiriladigan işlarni töliq işlab çiqqan. Bukingem saroyi ma'muriyati bu holatning barça lahzalarini, jumladan qiroliçaning yaqinlari bilan vidolaşuvidan tortib, OAVlari bilan işlaş, dafn marosimini qoğozga tuşirib qöygan.
Şu bilan birga, ta'kidlaş joizki, The Guardian gazetasi maqolasini heç qanday taşvişli xabar bölmasa-da, kutilmaganda e'lon qilgan. Yanvar oyidan beri OAVda 90dan oşgan qiroliçaning soğliği bilan boğliq taşvişli xabarlar paydo bölgani yöq. Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim jurnalistlar Yelizaveta II vafot etgani xususida asossiz xabarlar tarqatdi, biroq saroy ma'muriyati ularni keskin rad etib keldi.
Köplab jurnalistlarning e'tirof etişlariça, qirollik rahbarining vafoti va şu kabi holatlarni bevaqt muhokama qiliş axloqsizlikdir. Ularning fikriça, Britaniya fuqarolarining özlarini bunday tutişlari haqiqatni sir tutişga sabab böladi. The Guardian gazetasiga köra, Britaniyadagi içki siyosiy keskinlik «qirollikni parçalab yuboriş»ga yaqin turibdi. Monarxning ölimi esa jamoatçilik uçun haqiqiy larza böladi.
Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralda 25 yoşida taxtga ötirgan. 2015 yili u dunyodagi eng keksa monarx deb tan olindi. Bukingem saroyi ma'muriyati uning hayotdan köz yumiş ehtimoliga nisbatan rejani ham işlab çiqqan hamda uni hukumatga va BBC telekompaniyasiga bergan. Mamlakat milliy statistika xizmati Yelizaveta II yana 4 yil 3 oyga yaqin yaşaşini taxmin qilmoqda.

Şunday qilib, rejaga köra, qiroliça umrining sönggi lahzalarini şifokorlar va yaqinlari bilan ötkazadi. Hukumatning taxmin qilişiça, Yelizaveta II uzoq davom etgan xastalikdan söng vafot etadi. Şifokor qiroliça xonasiga kiruvçilarni nazorat qiladi hamda qiroliçaga sönggi lahzalarigaça yordam beradi. Şu bilan birga, qiroliça döstlari bilan telefon orqali vidolaşa oliş imkoniyatiga ham ega böladi.












