Fransiyada prezidentlikka nomzodlarni qöllab-quvvatlaş uçun imzolar qabul qilinişi 17 mart kuni yakunlandi. Nomzodlarning yakuniy röyxati 18 mart kuni çop etiladi. 

Fransiya qonunçiligiga köra, prezident saylovlarida iştirok etiş uçun turli darajadagi kamida 500 nafar xalq deputatining imzosi talab etiladi.

Imzolar qabul qilinişi muddati 17 mart mahalliy vaqt bilan 18.00 da yakunlanişi kerak edi. Konstitutsion kengaşning oxirgi ma'lumotlariga köra, quyidagi nomzodlar zarur miqdordagi imzolarni töplay olganlar: sobiq boş vazir Fransua Fiyon — 2953 imzo, sobiq ta'lim vaziri Benua Amon — 1717, "Olğa" harakati yetakçisi, sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron — 1548, "Fransiya, uyğon" partiyasi raisi Nikolya Dyupon-Enyan — 672, "Işçi kuraş" partiyasi vakili Natali Arto — 623, "Milliy front" partiyasi raisi Marin Le Pen — 618 va "Xalq-respublika ittifoqi" yetakçisi Fransua Aselino — 569 imzo.

Nomzodlikka röyxatdan ötiş uçun imkoniyatni yana 3 da'vogar saqlab qolayotgandi: "Birdamlik va taraqqiyot" partiyasi asosçisi Jak Şeminad (469 imzo), deputat Jan Lasal (453 imzo) va "Yangi aksilkapitalistik partiya" yetakçisi Filipp Putu (357 imzo). 

Fransiyada 2012 yilgi prezidentlik saylovlarida 10 nomzod iştirok etgandi.

Fransiyada joriy prezidentlik saylovlari ikki bosqiçda 23 aprel va 7 may kunlari bölib ötadi.