2017 yil 15 martidan Toşkent şahrining 115ta çorrahasiga örnatilgan kameralar qoidabuzarliklarni qayd etib, transport vositalari egalariga jarima maktublarini yuboriş sinov tariqasida boşlangan edi. 15 martdan 16 martgaça bölgan bir kun içida mazkur kameralar yordamida 10 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgani haqida xabar qilindi. 

Özbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda esa, kameralar mavzusi eng jiddiy muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bölib qolmoqda. 

Xususan, ayrim foydalanuvçilar “antikamera” deya davlat raqamiga qurigan bargni yopiştirib olgan Matiz rusumli avtomobil suratini tarqatişayotgan bölsa, boşqalari turli filmlarga ovoz berib, kameralar borasida mulohaza yuritişgan. Albatta, bularning aksariyati hazil tariqasida joylaştirilgan. 

Şu örinda, eslatib ötmoqçimiz, davlat raqamlarini kameraga tuşmaydigan tarzda har qanday yöl bilan bölsin qayta jihozlaş navbatdagi qoidabuzarlikni anglatadi va jarima solinişiga asos böladi. Bu haqda avvalgi xabarlarimizda ma'lum qilgan edik. 

Bu kabi foto va videomahsulotlarga tarmoq foydalanuvçilari ham öz fikrlarini bildirişmoqda. Şulardan ayrimlari kameralar işga tuşirilib töğri qilingani, Toşkent şahar köçalaridagi beboşliklar, haydovçilarning özaro bir-birini hurmat qilmasligiga çek qöyilgunga qadar bu jarayonni kuçaytirib boriş zarurligi xususida fikr bildirişgan. Ba'zi birlari Yöl harakati qoidalariga böysunib maşina boşqarişni tavsiya qilişgan.