AQŞ prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanda izolyatsionizm siyosatiga işonmasligi, biroq davlatlar örtasida halol savdo tarafdori ekanligini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men yakkalaniş töğri tanlov deb öylamayman. Biroq men davlatlar örtasidagi savdo bitimlari halol bölişi kerak deb hisoblayman. AQŞ köp yillar davomida köplab davlatlar tomonidan aldangan. Buni töxtatiş kerak. Biroq men izolyatsionizm tarafdori emasman", deb aytgan Tramp.
Avvalroq Xitoy davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan Xitoyga AQŞ bilan "savdo uruşlari" qiziqmasligini, çunki bu ikki davlat örtasidagi savdo munosabatlarini yaxşimasligini aytgandi.












