2017 yil 18 martda Butunjahon boks seriyasi (WSB) turnirida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl törtinçi bosqiçida Xitoyning China Dragons jamoasiga qarşi ötkazişi haqida avval xabar berilgan edi.
Terma jamoa murabbiylari uşbu bahsga 2-turni fevral oyida Qozoğistonning Astana Arlans jamoasiga qarşi bahslarda 1:4 hisobida yutqazgan tarkibni qöyişga qaror qildi. Demak, ringga kötariluvçi boksçilar röyxati:
52 kg: Abrorjon Qodirov vs Chang Yong
60 kg: Murodjon Ahmadaliyev vs Wang Sen
69 kg: Şahram Ğiyosov vs Liu Wei
81 kg: Bektemir Meliqöziyev vs Huang Jiabin
+91kg: Bahodir Jalolov vs Mu Haipeng
WSB doirasida Uzbek Tigers avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan edi. Söngra, fevral oyida Qozoğistonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toşkentda bölib ötgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim etdi.
18 mart kuni guruhdagi ikkinçi juftlik – Qozoğistonning Astana Arlans jamoasi va Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillari ham özaro kuç sinaşadi.
Boks janglarini Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya va Şri-lankalik hakamlar boşqarişadi.
The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi çempionatining VII fasl uçinçi bosqiç tarkibida Özbekiston şa'nini himoya qiluvçi boksçilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga çiqadilar.
Boks keçasi 18 mart 19:00da “Sport” va UzHD telekanallari orqali jonli efirga uzatiladi.

















