Volvo kompaniyasi talabalar uçun avtomobillar ijarasi dasturini boşlaşini e'lon qildi. Gap AQŞda tahsil olayotgan xorijiy talabalar haqida ketmoqda. Şved kompaniyasi ularga maşinalarni ma'lum muddatga soddalaştirilgan sxema böyiça olişni taklif qiladi.
Dastur International Student Program deb nom olgan va Volvöning yangi modellarini berişni közda tutadi. Uşbu xizmatdan foydalaniş uçun öz davlati haydovçilik guvohnomasi va xalqaro haydovçilik guvohnomasiga, amaldagi talabalik vizasi, ta'lim muassasasidan hujjat va pasportga ega böliş kerak.
Dastur iştirokçilari kompaniyaning dasturga kiritilgan yaqin oradagi dilerlik markaziga kelib, taklif qilinadigan avtomobillardan birortasini tanlaşlari kerak böladi.
Ijara uçun tölov bir marta olinadi, biroq hozirça ijara haqi ma'lum qilinmagan. Avtomobillar uçun suğurta közda tutilgan, maşinada yuriş böyiça çeklov 15 ming milni (24 ming km) taşkil qiladi, biroq bu raqam ba'zi hollarda özgartirilişi mumkin.












