Jahon | 00:46 / 19.03.2017
10311
1 daqiqa o‘qiladi
Cherkov sitsiliyalik mafiozlarga cho‘qintirgan ota bo‘lishni man qildi
Sitsiliyadagi Monreale shahri arxiyepiskopi Mikele Pennizi mafiya a'zolariga cho‘qintirish marosimida ishtirok etishni man qildi. U tegishli farmoyish qabul qildi. Farmoyishga ko‘ra, endilikda mafiozlar Pennizi yeparxiyasi cherkovlarida cho‘qintirgan ota bo‘la olmaydilar.
Pennizining fikricha, mafiya "cho‘qintirgan ota" atamasiga o‘zgacha ma'no berib, uni obro‘sizlantirgan. "Mafiya o‘zining bosslariga diniy basavlatlik berish uchun "cho‘qintirgan ota" cherkov atamasini doimo ishlatib kelgan", deb aytdi ruhoniy. Uning ta'kidlashicha, aslida jinoyat va cherkov olamlari "mutlaq bir-biriga ziddir".
Rim papasi 2014 yilda mafiozlarni cherkovdan chetlashtirgandi. O‘shanda papa uyushgan jinoyatchilik a'zolari "yovuzlikka sig‘inishlarini" aytgan.