17 mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar bir qator qonunlar qatorida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalarni muhokama qilişgan.
Manba ma'lumotiga köra, Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111, 112-moddalariga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi kutilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining axborot xizmati xabariga köra, majlisning kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraksiyalari va Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunçilik palatasi qömitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari iştirokida dastlabki tarzda har tomonlama örganib çiqilgan edi.
Parlament a'zolari sud tizimi benuqson işlaşi kerakligini ta'kidlaşgan.
«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Sudlar töğrisida»gi Qonunga va bir qator protsessual kodekslarga kiritilayotgan, yangidan taşkil etilayotgan ma'muriy va iqtisodiy sudlarning tegişli huquqiy bazasini yaratişi, şu bilan birga qabul qilingan sud hujjatlarini qayta körib çiqişga doir bir-birini takrorlovçi instansiyalarni çiqarib taşlagan holda işlarni körib çiqiş tartibini soddalaştirişi lozim bölgan özgartiş va qöşimçalar aynan şunga qaratilgan», deyilgan xabarda.
Deputatlar tomonidan «Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida»gi Qonun qabul qilingan. Bugungi kunga qadar Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlaş va lavozimlariga tavsiya etiş böyiça oliy malaka komissiyasi sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş siyosatini amalga oşirayotgan, sud kadrlarini tanlaş va joylaştiriş uçun mas'ul organ deb hisoblanar edi. Bunda Komissiya, aniq huquqiy maqomga ega bölmagan holda, öz faoliyatini jamoatçilik asosida amalga oşirar edi, sudyalarga nisbatan intizomiy javobgarlik töğrisidagi işlarni qözğatiş, sudyalarni rağbatlantiriş çora-tadbirlari taşabbusi bilan çiqiş yuzasidan vakolatlarga ega bölmagan. Mazkur qonun uşbu kamçiliklarning örnini töldirişga va öziga konstitutsiyaviy organ maqomi ham berilib, taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining faoliyatini tartibga solişga qaratilgan.
Ötgan oylar davomida Özbekiston Respublikasi prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi, şuningdek, «Özbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonlari qabul qilingandi.












