AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boşlovçisi iltimosiga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ikki söz bilan ta'riflab berdi.
"Men uni bilmayman, biroq unga unça-bunçaning tişi ötmaydi. Men u Rossiya uçun qanday ekanligini bilmayman, biroq vaqti kelib buni bilib olamiz", deb aytgan Tramp. AQŞ prezidenti Putinga nisbatan sözma-söz tough cookie (toş yonğoq) iborasini işlatgan.
Boşlovçi Trampdan yana bir neça odamga ta'rif berişni iltimos qilgan. Jumladan, Tramp özining maslahatçisi Killian Konveyni "juda yoqimtoy ayol", Xillari Klintonni "hafsalasi pir bölgan" deb ta'riflagan. Tramp musiqiy klipida unga öxşab kiyinib olgan masxarabozga öq uzgan rep ijroçi Snup Dogga ta'rif berarkan, artistning "faoliyati yakun topayotgani" sababli undalgan bunday xatti-harakatini heç kimga, kimligidan qat'iy nazar, qöllab bölmasligini aytgan.












