Ajoyib aktyor Uill Smit Facebook'dagi sahifasiga "Burj-al-Arab" fonida dengizda tabassum qilib turgan yangi suratini joyladi. Şuningdek u özining dovyurakligini namoyiş etib, paraşyutdan sakragan videosini ham taqdim etdi. Paraşyutdan sakragan aktyor Dubay osmonida "boks raqsi"ni namoyiş qilişga ham ulgurdi. 

Gulf News'da ma'lum qilinişiça, Smit Dubayga kelişidan avval Marokaş, Qohira va Jiza şaharlarida bölgan. Aktyor oilasi bilan sayohat qilmoqdami yoki yolğiz, noma'lum. Uning turmuş örtoği Jada Pinkett-Smitt va farzandlari Jyeyden, Uillou va Trey Smit sönggi yillarda BAAda bölişgan edi. 

Ötgan yilning avgust oyida Smit Dubayga "Xudkuşlar otryadi" ("Suicide Squad") filmi premerasi bilan taşrif buyurgandi. U matbuot anjumanida turmuş, tanqid va siyosat haqida sözlab, Yaqin Şarqqa kelganida ijobiy fikrlaşni tarğib qiliş istagi haqida aytgandi. 

"Amerikadagi islomofobiyaga keladigan bölsak, men uçun özimni namoyon qiliş muhim. Bu xuddi men Dubaydagi kabi... men tvit yozyapman, suratlarimni namoyiş qilyapman va heç kim menga nafrat bilan qaramayapti, şunday emasmi? Öylaşimça, bu obraz men uçun juda muhim", - degan aktyor.